"Real" "Chelsi"ga 222 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2018, 18:17
"Real" "Yuventus"ga o'tib ketgan hujumchi Krishtianu Ronaldu o'rnini to'ldirish uchun futbolchi izlash ishlarini davom ettirmoqda.

"Qirollik klubi" Ronaldu o'rniga "Chelsi" yarim himoyachi Eden Azarni olib kelmoqchi. Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" "aristokratlar" posboni Tibo Kurtuani ham sotib olish niyatida.

"Real" bu ikki futbolchi uchun 222 mln. evro taklif qildi.

Oldinroq, "Qirollik klubi" dunyodagi eng qimmat transferni amalga oshirish mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: HLN