"Real" bilan o'yin "Barselona"ga 7,6 million evro daromad olib keldi

Aziz Tukhtamuradov
4 noya 2023, 09:33
"Barselona" "El-klassiko"dan daromad olish bo'yicha rekordini takrorladi.

Kataloniyaliklar vice-prezidenti Jyuli Giuning aytishicha, "Real"ga qarshi so'nggi o'yin klubga 7,6 million evro olib keldi.

Bu o'yin o'tkazilgan "Olimipik Lyuis Kompanis" stadioni uchun rekord.

Bu summa "Kamp Nou"da o'tkazilgan o'yinlardan 60 foizga ko'p. Ushbu raqam klassikolardagi 8,3 million evrolik foydaga eng yaqini bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS