"Real" Benzemaning jarohatidan xavotirda emas

Sherzod Nurmatov
24 noya 2022, 18:29
"Real" rahbariyati hujumchi Karim Benzemaning jarohatidan xavotirda emas, deya xabar berdi ispaniyalik jurnalist Xorxe Pikon.

JCH-2022 boshlanishidan oldin 34 yoshli fransiyalik futbolchi chap sonidan jarohat olgandi. U shu tufayli musobaqani o'tkazib yuboryapti.

Manba bergan xabarga ko'ra, Madrid klubi futbolchining JCH-2022dan keyin, 31 dekabr kuni Ispaniya chempionati doirasidagi "Valyadolid"ga qarshi o'yinda ishtirok etishiga ishonchi komil.

Benzema joriy mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal