

Bu haqda Marca xabar bermoqda. Avvalroq, Portugaliya klubi prezidenti Ruy Koshta "Real" 22 yoshli futbolchiga taklif bildirmaganini ma'lum qilgan edi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, hozircha Alvaro Karreras transferi bo'yicha bitim yakuniga etmagan, biroq tomonlar kelishuvga yaqinlashib qolishgan. Shu bilan birga, "Qirollik klubi" allaqachon "Benfika" himoyachisi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan.
O'tgan mavsumda Karreras barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.



