“Real” – “Barselona” uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma'lum

Aslanov Jasurbek
4 apr 2017
Alexandro Xose Ernandes Ernandes “Real” – “Barselona” uchrashuvini boshqarib borishi ma'lum bo'ldi.

Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida o'tkaziladigan bahs 23 aprel kuni bo'lib o'tadi. Mazkur hakam joriy mavsumda “Betis” – “Barselona” (1:1) uchrashuvida ishlagan. O'sha bahsda kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suaresning golini mazkur hakam inobatga olmagandi. Referi to'p darvoza chizig'ini kesib o'tganini ilg'amay qolgandi.

O'tgan mavsumda ham ushbu hakam Kataloniyada o'tgan el klassikoni boshqargan (“Barselona” – “Real” 1:2). O'sha bahsda u madridiliklar a'zosi Garet Beylning golini inobatga olmagan. Bosh hakam Beyl xavoda to'p uchun kurashda raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi deb topgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS