"Real", "Ayaks" kabi jamoalarning sobiq bosh murabbiyi vafot etdi

Mirjalol Normatov
10 apr 2025, 22:59
Leo Benxakker hayotdan ko'z yumdi.

Bu haqda uning oilasi "Nederlandse Omroep Stichting" nashriga ma'lum qilgan. Niderlandiyalik bu vaqtda 82 yoshda bo'lgan.

Benxakker "Real"dan tashqari "Ayaks", "Feyenoord" jamoalarida, shuningdek, Niderlandiya, Saudiya Arabistoni termalarida faoliyat olib borgan.

Faoliyati davomida uch martadan Erediviziya va LaLiga bosh sovrinlarini qo'lga kiritgan bo'lsa, Ispaniya kubogi va yana bir qancha turnirlarda ham zafar quchgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Nederlandse Omroep Stichting