"Real" "Ayaks" futbolchisi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
2 avg 2019, 21:11
"Real" "Ayaks" futbolchisi Donni van de Bek bilan shartnoma borasida kelishib oldi.

"Marca" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" 22 yoshli futbolchining transfer narxi borasida "Ayaks" bilan kelishib olsa bo'lgani. Oldinroq Gollandiya klubi futbolchisini 70 million evrodan kamiga sotishni istamayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Futbolchining o'zi ham "Real"ning qiziqishlari haqiqat ekanligini aytdi: "Real" men bilan qiziqayotgani haqiqat. Voqealar rivoji anchagina tezlashib ketdi", - dedi futbolchi.

Xavbek o'tgan mavsumda jamoasi tarkibida 34 o'yinda qatnashib, 9 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca