"Real" APLdan markaziy himoyachi sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
26 noya 2024
"Everton" himoyachisi Jerred Brentueyt top-klublar e'tiborini tortishda davom etmoqda.

Avvalroq, futbolchiga MYU jiddiy tarzda qiziqayotgani xabar qilingandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, angliyalik himoyachi "Real" transferlar ro'yxatida ham eng yuqoridagilar qatoridan joy olgan. "Everton" futbolchisini o'z tarkibida saqlab qolishni istaydi, ammo 70 mln evro evaziga u bilan xayrlashishga rozi bo'ladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Руди Галетти "Твиттери"