“Real” Alisson uchun 60 million evro to'lashga tayyor

21 mar 2018, 08:10
Madridning “Real” klubi “Roma” darvozaboni Alisson sotib olish uchun harakatlarni boshlab yubordi.

Corriere dello Sport nashrining xabariga ko'ra, madridliklar 25 yoshli posbon uchun 60 million evrodan voz kechishga tayyor. “Real” braziliyalik darvozabonga bir mavsum uchun 5 million evro maosh to'lashga tayyor va shuningdek, 5 yillik shartnoma imzolashni rejalashtirgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Alissonga “Liverpul” ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar berilgandi. Qizig'i, “Roma” Alisson bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport