"Real" 50 million evroga darvozabon xarid qilishga tayyor

Alisher
21 apr 2020, 15:00
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma yozda Madridning "Real" klubi o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" 21 yoshli italiyalikning xizmatlariga qiziqishmoqda va uning uchun 50 million evro sarflashga tayyor.

"Real" Donnarummani diqqat bilan kuzatmoqda, darvozabonning "Milan" bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Zinedin Zidan Tibo Kurtuaning ayni paytdagi formasidan norozi, shu sabab transferlar oynasida o'z tarkibini darvozabon bilan kuchaytirib olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Milan News