

Futbolchini qo'lga kiritish uchun kamida 80 mln evro kerak bo'lishi kutilmoqda. Manbaning yozishicha, "qizil iblislar" Simonsni sotib olishdan avval ayrim o'yinchilardan qutulishi kerak bo'ladi. Gap shundaki, jamoa ustozi Ruben Amorim klubning pullarini boshqa poziciyalarni mustahkamlashga sarflashni rejalashtirmoqda.
Niderlandiyalikning mehnat shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Xavi Simons joriy mavsum "RB Leyptsig" safida 25 ta o'yin o'tkazib, ularda 8 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.



