Rayola: "Lukakuning onasi futbol o'yinlariga o'g'lining pasporti bilan borardi"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2017, 16:10
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukakuning agenti Mino Rayola futboldagi irqchilik haqida gapirib berdi.

"Odamlar futbolda kamsitish yo'q deb o'ylashadi. Qora tanlilar doimo kamsitiladi va bu atayin amalga oshiriladi. Xatto bilib-bilmay ham haqorat qilishadi. Masalan, odamlar mendan noma'lum qora tanli futbolchilar haqida so'rashganda, shunday deyishadi: "U Balotelliga o'xshaydimi? Pogbagachi? Lukakugami?" Ular hech qachon u Ibra, Toyvonen yoki Bekxemga o'xshashi haqida so'rashmaydi.

Qora tanli futbolchilar yosh bo'lsa, ular muvaffaqiyatga erishishlari uchun oq tanlilardan ko'proq harakat qilishlariga to'g'ri keladi. Qora tanlilar boshqalardan jismonan kuchliroq degan gaplar yuradi. Bu ham noto'g'ri, kamsitish.

Lukakuning onasi bilan suhbatlashganman. U yoshlar jamoasidagi o'yinlarga o'g'lining pasporti bilan borishiga to'g'ri kelgan. U doimo boshqa ota-onalar bilan bahslashib, o'g'lining yoshi o'zgartirilmagani haqida janjal qilardi. U Belgiyada tug'ilgan, ammo ko'pchilik yolg'on ma'lumot tarqatib, Lukaku Afrikada dunyoga kelgan deyishadi" - deydi Rayola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101 Great Goals