Raykard "Valensiya"ni boshqarishni istamadi

Aslanov Jasurbek
1 dek 2015, 13:45
"Valensiya" rahbariyati "Barselona" sobiq bosh murabbiyi Frank Raykardning xizmatlariga qiziqish bildirayotgan edi.

Klub gollandiyalik mutaxassisni "ko'r shapalaklar" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rayotgan edi, ammo Raykard taklifni rad etdi. Bundan tashqari "Valensiya" "Malorka" sobiq ustozi Mikael Laudrupga ham ko'z tikkan.

Oldinroq Nunu Espiritu Santu iste'foga chiqqan edi. Ayni damda klubning vaqtinchalik bosh murabbiyi "Valensiya" sobiq futbolchisi Voro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport