Raxim Sterling: Odam bo'lganligim uchun kechiring

Narzulla Saydullayev
13 okt 2014, 08:06
Angliya yarim himoyachisi Raxim Sterling o'z tomoniga bildirilgan tanqidlarga javob berdi.
Terma jamoa ustozi Roy Xodjson futbolchi Evro-2016 saralashi doirasidagi Estoniyaga qarshi o'yinda (1:0) charchaganini his qilgani uchun asosiy tarkibga kiritilmaganini aytib o'tdi.

Men odam ekanligim uchun kechiringlar, – deb yozadi Sterling tvittyerdagi o'z sahifasida.

19 yoshli Liverpul futbolchisi 64-daqiqada maydonga tushdi va jarima to'pi ishlab oldi. Aynan shundan Ueyn Runi g'alaba to'pini kiritdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru