Ravshan Muqimov: "Hujumda muammolarimiz borligi aniq"

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013, 18:39
“Lokomotiv” – “Paxtakor” (0:1) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida maydon egalari murabbiyi Ravshan Muqimov ishtirok etdi.
"O'yin yomon bo'ldi deya olmaymiz. Oxirgi uchta o'yindan buyon hujumimizda muammolar bor va buni natijaga ta’sir o'tkazdi" – deydi Ravshan Muqimov.

- Chempionlik uchun imkoniyat qanday?

- Hali ertangi o'yinlar va yana beshta tur bor undan keyin ma'lum bo'ladi.

- Darvozabon Pavel Bugaloning qanday ahvolda?

- Bu murabbiylar qarori. U mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

- Jamoada qanday muammolar bor?

- Faqat hujumda. Farhod Tojiev va Sadriddin Abdullaev jarohat olgan.

- Bobur Yo'ldoshev nega Turkiya klubiga o'tmadi?

- Bilmadim u shartnoma imzolamagan. Uning masalalari bo'yicha savollarga javob bera olmayman. Bobur klubda va barchasi shu. Klubda shartnomasi bor. Agentlar bo'yicha bilmayman.
 
- "Paxtakor" kuchli o'ynadimi yoki "Lokomotiv"ni o'yini chiqmadimi?

- Biz yomon o'ynaganimiz yo'q. Ammo raqib yaxshiroq o'ynadi.

- Hakim Fuzaylov iste'foga chiqishi mumkinmi?

- Hamma narsa bo'lishi mumkin.

- Xozirgi vaqtda Toshkent klublaridan qaysi biri kuchliroq?

- O'ylashimcha "Paxtakor" bu borada kuchliroq deya olaman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia