Osiyo kubogi-2019ga qur'a tashlangach Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu yaxshi qur'a bo'ldi, imkoniyatlarimizga ishonaman. Yaponiya kuchli raqib, ammo ularni oldin mag'lub eta olganmiz. Ummon va Turkmaniston bilan o'yinlarda g'alaba qozona olishimizga ishonaman", - deydi Ravshan Haydarov OFK rasmiy saytiga.