

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur musobaqaga 25 nafar futbolchini jalb etdi. Yoshlar terma jamoamiz 20 mart kuni Toshkentda yig'iladi va 22 mart kuni Antalya shahriga yo'l oladi.
24-29 mart kunlari bo'lib o'tadigan “Antalya Cup 2021” xalqaro musobaqasida yoshlarimiz Slovakiya, Ukraina va Qozog'istondan tashrif buyurgan tengdoshlariga qarshi bahs olib boradi.
“Antalya Cup 2021” xalqaro turniri
Antalya, Turkiya
1-tur | 25.03.2021
O'zbekiston – Slovakiya
2-tur | 27.03.2021
Ukraina – O'zbekiston
3-tur | 29.03.2021
O'zbekiston – Qozog'iston
Chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar: Umidjon Ergashev ("Nasaf"), Vladimir Vagin ("Metallurg"), Azizxon Isaqov ("Paxtakor").
Himoyachilar: Dilshodjon Komilov ("Lokomotiv"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Abdulazizxon Abdurashidov ("Turon"), Jasur Yoqubov ("Surxon"), Ibrohim Yo'ldoshev ("Surxon"), Abdug'ani Kamolov ("Andijon"), Bek Abdullaev ("Bunyodkor"), Shahzod Azmiddinov ("Paxtakor").
Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Asadbek Sobirjonov ("Qo'qon-1912"), Javohir Alijonov ("Lokomotiv"), Kamron Saydazimov ("Andijon"), Shohmalik Komilov ("Nasaf"), Bobirjon Asqarov ("Lokomotiv"), Jasur Jaloliddinov ("Andijon"), Suhrob Izzatov ("Bunyodkor"), Avazbek O'lmasaliev ("Bunyodkor"), Anvarjon Jo'raev ("Buxoro"), Rasul Yo'ldoshev ("Bunyodkor").
Hujumchilar: Mahmudjon Qudratillaev ("Metallurg"), Shohruh Abdurahmonov ("Dinamo"), Doniyor Abdumannpov ("Andijon").



