Ravshan Haydarov: So'nggi daqiqalarda to'p o'tkazib yuborish juda alamli

Narzulla Saydullayev
16 may 2014, 21:59
Dinamo - Mashal (1:2) uchrashuvidan keyin har ikki jamoa bosh murabbiylari jurnalistlar savollariga javob qaytarishdi.
- O'yin bo'yicha ustunlik qilgan bo'lsakda, buni hisobda ko'rsata olmadik. Falaba qozonish uchun etarlicha imkoniyatlar yaratgan bo'lsakda, bundan foydalana olmadik. Bo'lim so'nggida esa to'p o'tkazib yuborganligimiz jamoaga ruhiy ta’sirini o'tkazmay qo'ymadi. Ikkinchi bo'limda esa omad mehmonlarga kulib boqdi. So'nggi daqiqalarda to'p o'tkazib yuborish juda alamli. Bu borada o'zimiz ham ayrim xatolarga yo'l qo'ydik deb o'ylayman. O'yinni tahlil qilib, keyingi o'yinga puxta tayyorgarlikni boshlaymiz. O'tgan yilgi to'purarimiz Farrux Shotursunov ham keyingi o'yinlardan boshlab bizga yordam beradi deb umid qilaman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz