Ravshan Ermatov: "Videotakrorlar hakamlarga bosimni kamaytiradi"

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2017
O'zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov Konfederatsiyalar kubogi-2017 musobaqasida videoassistent hakami sifatida ishlaydi.

Uning aytishicha videotakrorlar hakamlarga o'z ishini yanada sifatli bajarishini taminlaydi.
 
- Bunday yordamchiga ega bo'lgach bosh hakamlar bo'shashib kyetishmaydimi?

- Bu aniq o'sha insonga bog'liq bo'ladi. Agar menda videoreferi yordamchim bo'lsa bo'shashib ketmayman. Barchasini o'zim ko'rishga urinaman.

- Bosim kamayadimi?
- Albatta! Katta musobaqalarda har bir xato qimmatli bo'ladi, hakam doim bosim ostida bo'ladi. Videoassistentlarning paydo bo'lishi bilan hakamlar o'z ishlarini yanada sifatli ishlay boshlashadi.

- Aynan qachon hakamlar zamonaviy futbolchilarning tezligiga eta olmay qolishdi deb o'ylaysiz?
- Qaysidir davrda hakamlarning xatolari o'yinning bir qisim deb qabul qilinardi. Hozir esa barcha hakamlarning xato qilmasligini istaydi.

- Tunlari tushingizga kirib chiqadigan xatoingiz bormi?
- Har bir o'yinda xatolar bo'ladi. Ularni tahlil qilamiz. Asosiysi o'yin va musobaqa natijasiga ta’sir qilmaydigan xatolar qilmaslik.

- Xatolardan so'ng hakamlarning vijdoni qiynaladimi?
- Gap vijdonda emas. U bizni hech qachon tark etmaydi. Shunchaki inson faktori bor. Vaziyatni ko'rmay qolish mumkin. Qanday ishlashimizni ko'rdingiz. Menimcha xatto futbolchilar ham musobaqaga bu qadar tayyorgarlik ko'rishmayapti.

Sergey YAREMENKO



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru