Raul Ximenes boshqa bir top-klubga kerak

Mirjalol Normatov
17 may 2020
"Vulverxempton" forvardi Raul Ximenes APLdan A Seriyaga ko'chib o'tishi mumkin.

29 yoshli meksikalikning xizmatlariga bunga qadar "Manchester Yunayted" va "Liverpul" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi. Ularning qatoriga endi "Yuventus" ham qo'shildi.

Qayd etilishicha, koronavirus inqirozi "bo'rilar"ning hujumchini sotib yuborishi uchun ham sabab bo'lishi mumkin.

Ushbu mavsumda Raul Ximenes "Vulverxempton" tarkibida barcha turnirlarda 44 o'yinda qatnashib, 22 gol urdi va 10 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Times