Raul: "Morata "Real" va Ispaniya terma jamoasining muhim futbolchisiga aylanadi"

Aslanov Jasurbek
15 sen 2016, 10:32
"Real" sobiq hujumchisi Raul Gonsales "Qirollik klubi" forvardi Alvaro Morata nomiga iliq so'zlar aytdi.

Morata "Sporting"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur bahsida gol urib, o'z jamoasining g'alabasini taminladi.

"Bu gol unga ishonch bag'ishlaydi. O'yin Morata uchun katta ahamiyatga ega edi, u "Real"ga qaytishga munosibligini isbotladi. Alvaro "Real" va Ispaniya terma jamoasining muhim futbolchisiga aylanadi. Men Morataga, u golga munosibligini aytdim" - deydi Raul.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca