Rasmiy xabar: Stiven Jerrard futboldan ketdi

Narzulla Saydullayev
24 noya 2016, 16:26
Angliyalik mashhur futbolchi Stiven Jerrard butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

36 yoshli yarim himoyachi faoliyati davomida ikkita klubda o'ynadi. "Liverpul" akademiyasi tarbiyasini olgan Jerrard 1998-2015 yillarda aynan shu klubda faoliyat olib bordi. 2015-2016 yilgi mavsumni AQSHning "Los Anjeles Geleksi" klubida o'tkazdi.

Jerrard Angliya terma jamoasi safida 114ta o'yin o'tkazib 21ta gol urdi.

Futbolchi sifatida quyidagi sovrinlarga ega chiqqan: 2 marta Angliya kubogi, 3 marta Angliya liga kubogi, 1 marta Angliya Superkubogi, 1 marta UEFA Chempionlar ligasi, 1 marta UEFA kubogi, 1 marta UEFA Superkubogi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: various