Rasmiy xabar: "Monako"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2019, 03:08
"Monako" kechagina Terri Anrini iste'foga chiqargandi.

Bugun klub matbuot xizmati jamoa boshqaruviga Leonardu Jardim qaytganini ma'lum qildi.

"Monako" aynan portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida mavsumni boshlagandi. Biroq qoniqarsiz natijalar tufayli u oktyabr oyida ishdan olingandi. Oradan 2 yarim oy vaqt o'tib, u yana jamoasiga qaytdi.

Jardim "Monako" bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ASMonaco