Rasmiy xabar: “Liverpul” navbatdagi transferni e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
19 sen 2020
“Vulverxempton” yarim himoyachisi Diogu Jota mersisaydliklar a'zosiga aylandi.

U “Liverpul” bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi. Transfer summasi esa 43 mln evroga baholanmoqda.

Jota o'tgan mavsum APL doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etgandi. Portugaliyalik yangi jamoasida 20-raqamda o'ynaydi.

Avvalroq, "qizillar" Tiago Alkantaraning transferini e'lon qilishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/LFC