Rasmiy xabar: Islom Qobilov va Sanjar Qodirqulov - "Lokomotiv" futbolchisi!

Xayrulla Xoliqov
10 yanv 2021, 22:23
Yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan "Lokomotiv" o'z safini ikki nafar yangi futbolchi bilan to'ldirib oldi.

O'tgan mavsumni "Bunyodkor" tarkibida o'tkazgan himoyachi Islom Qobilov hamda yarim himoyachi Sanjar Qodirqulov "temiryo'lchilar" bilan shartnoma imzolashdi. Ma'lumot uchun, Islom Qobilov jamoamiz bilan ikki yillik, Sanjar Qodirqulov esa bir yillik bitimga imzo chekdi. 

Shu o'rinda har ikki futbolchiga "Lokomotiv" oilasiga xush kelibsiz deb qolamiz. 


Sanjar Qodirqulovning O'zbekiston chempionatidagi statistikasi:   

2016 yil. "Bunyodkor" - 1 o'yin 

2017 yil. "Metallurg" - 28 o'yin, 1 gol 

2018 yil. "Bunyodkor" - 13 o'yin 

2019 yil. "Bunyodkor" - 26 o'yin, 2 gol

2020 yil. "Bunyodkor" - 25 o'yin, 1 gol


Islom Qobilovning O'zbekiston chempionatidagi statistikasi:   

2016 yil. "Metallurg" - 18 o'yin, 1 gol 

2017 yil. "Metallurg" - 11 o'yin, 2 gol. "Bunyodkor" - 10 o'yin, 1 gol

2018 yil. "Bunyodkor" - 9 o'yin 

2019 yil. "Bunyodkor" - 21 o'yin, 2 gol

2020 yil. "Bunyodkor" - 26 o'yin, 1 gol

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz