Rasmiy xabar: Botirali Ergashev - AGMK futbolchisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2021, 22:11
Iqtidorli darvozabon, yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni bo'lgan kiper Botirali Ergashev jamoamiz a'zosiga aylandi.

O'zbekiston milliy jamoasiga nomzod sanalgan, "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan 25 yoshli darvozabon faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", "Dinamo" va "Qo'qon-1912" jamoalari darvozasini qo'riqlagan. Yangi mavsumdan e'tiboran esa mahoratli posbon AGMK darvozasiga qulf osadi.

Botirali Ergashev AGMK bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi.

Botirali Ergashev 1995 yili 23 iyunda Namangan viloyatida tavallud topgan. 2018 yili Xitoyda o'tkazilgan Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan g'oliblikni qo'lga kiritgan va o'shanda termamiz darvozasini munosib qo'riqlagandi.

Botirali Ergashev faoliyati davomida 53 o'yinda darvozani qo'riqlagan va 68ta gol o'tkazib yuborgan. Ergashev 17ta uchrashuvda darvoza dahlsizligini quruq saqlashga muvaffaq bo'lgan.

AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Botirali!", - deb yozadi klub matbuot xizmati. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати