Rasmiy xabar. "Bavariya" Renato Sanchesni sotib oldi
Narzulla Saydullayev
10 may 2016
Germaniya chempioni Myunxenning "Bavariya" klubi yangi futbolchi sotib olganini ma'lum qildi.
"Benfika"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Renato Sanches yozda "Bavariya"ga ko'chib o'tadi. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzildi", - deb yoziladi Myunxen klubi rasmiy saytidagi bayonotda.