Rasmiy xabar: Saidov va Yoqubov “Neftchi”ga qaytdi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2014, 12:18
Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan “Neftchi” shunga monand tarkibni kuchaytirishga e'tibor qaratmoqda.
Bu borada eng avvalo mahalliy o'yinchilarni tarkibga jalb etish rejalashtirilgan.

Xususan “Neftchi” safida yorqin o'yinlari bilan muxlislar etirofini qozongan Mansur Saidov va Baxtiyor Yoqubovni yana jamoaga qaytarish niyatida ular bilan klub rahbariyati muzokara o'tkazdi. Unga ko'ra joriy mavsum “Navbahor” sharafini himoya qilgan ushbu futbolchilar yana Farg'ona jamoasida o'ynaydigan bo'ldi.

Klub raisi Tohir Kapadzening ma'lum qilishicha, Saidov va Yoqubov bilan bir yillik shartnoma imzolangan. Shu bois har ikkala futbolchi ham ayni damda jamoaning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Tabiiyki transfer oynasidagi ushbu dastlabki haridlar ishqibozlarimizni quvontirishi aniq. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz