Rasman: "Turon" bosh homiysiz qoldi

Iskandarov Abdulaziz
17 iyun 2023, 18:50
Bugungi kun mavzusi "Turon" bo'lishi erta tongdan ma'lum bo'lib ulgurgan edi.

Bir necha soat oldin saytimiz orqali klub bosh homiysi  "Turon Eco Cement" klub homiyligidan ketish arafasida ekanligi haqida ma'lum qilgan edik. Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, bugun tushlikda klubda yig'ilish o'tkazilgan va unda bu haqida ma'lum qilingan. Futbolchi va murabbiylarga o'zlariga boshqa jamoa topishi mumkinligi aytilgan.  Shundan so'ng "Turon" bosh murabbiyi Denis Bushuev instagram sahifasida klubga minnatdorchilik bildirgan va bilishimizga qaraganda u o'z yurtiga jo'nab ketmoqda. Jamoa futbolchilarining ko'pchliligi klub qarorgohini tark etgan va faqat mahalliy futbolchilar qolgan.

 "Turon Eco Cement" esa rasman klub bosh homiyligidan chiqqan. Ammo bu degani klubning faoliyati tugatilganini anglatmaydi. Bu hozircha aniq emas.  Agarda "Turon" o'ziga boshqa xomiy topa olsa, Farg'ona viloyati hokimligidan ko'mak bo'lsa faoliyatini davom ettirishi mumkin. Lekin bu hali so'roq ostida.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia