Rasman: Toshich SSKAni tark etdi

5 iyul 2017, 09:15
SSKAning serbiyalik futbolchisi Zoran Toshich jamoa bilan xayrlashganini ma'lum qildi.


"Ha, men SSKAdan ketdim", - deydi Toshich.

Tomonlar o'zaro kelishgan holda o'rtadagi bitimni buzishgan.

Toshich 2010 yildan buyon SSKA sharafini himoya qilib kelayotgandi. Bu vaqt oralig'ida Toshich SSKA bilan uch marta Rossiya chempionligi hamda ikki bor Rossiya Superkubogini qo'lga kiritdi.

Yaqindagina Zoran Toshich Serbiyaning "Radnichki" klubi prezidentiga aylangandi.

Zoran Toshich - "Radnichki" prezidenti

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru