

Bu haqda Belgiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.
Tedeskoning Belgiya terma jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilgi Yevropa chempionati so'ngigacha mo'ljallangan. Avvalroq OAVda Evroda muvaffaqiyatli ishtirok etsa, Tedesko bilan bitim avtomatik ravishda JCH-2026gacha uzaytiriladi.
Eslatib o'tamiz, Tedesko 2019 yildan 2021 yilgacha Moskvaning "Spartak" klubini boshqargan. Shuningdek, germaniyalik mutaxassis "Shalke-04" va "Leyptsig" klublarida ham ishlagan.



