Rasman: Shomurodovning sobiq jamoadoshi "Vest Xem"ga o'tdi

Aziz Tukhtamuradov
27 iyul 2022, 07:12
"Vest Xem" "Sassuolo" to'purarining transferini e'lon qildi.

23 yoshli italiyalik hujumchi Janluka Skamakka londonliklar bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 

Avvalroq, ushbu transfer 30,5 million funt (plyus 5 million bonus) bo'lishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Skamakka o'tgan mavsumda A Seriyaning 36 o'yinida 16 ta gol urib, "Sassuolo"ning eng yaxshi to'purari bo'lgandi. 

Eslatib o'tamiz, Skamakka "Sassuolo"gacha "Jenoa"da hamyurtimiz Eldor Shomurodov bilan birga o'ynagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: "Вест Хэм" матбуот хизмати