Rasman: "Sevilya" "Galatasaroy" o'yinchisini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
11 iyul 2022, 18:23
"Sevilya" "Galatasaroy" himoyachisi Markaoning jamoaga o'tganini e'lon qildi.

26 yoshli braziliyalik ispan klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi - 2027 yilning 30 iyuniga qadar.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, "Sevilya" futbolchining o'tishi uchun 12 mln evro to'laydi.

Oldinroq, "Zenit" Markao uchun 15 mln evro taklif qilgandi, ammo o'yinchining o'zi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sevillafc.es