Rasman: "Real" Kepa Arrisabalagani "Chelsi"dan ijaraga olganini e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
14 avg 2023, 14:32
"Real" matbuot xizmati "Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga Madridga ko'chib o'tayotganini ma'lum qildi.

Futbolchi Madrid klubi safida ijara huquqi asosida harakat qiladi.

Avvalroq, "qaymoqranglilar" asosiy posboni Tibo Kurtua jiddiy jarohat olgandi.

Arrisabalaga 2018 yildan buyon "Chelsi" tarkibida o'ynamoqda. U o'tgan mavsum jamoa tarkibida 29 o'yinda qatnashib, 33 gol o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal