Rasman: “Real” futbolchisi faoliyatini “Arsenal”da davom ettiradi

5 sen 2020, 08:53
Dani Sebalos yana London klubida to'p tepadi.

“Arsenal” “Real”dan Dani Sebalosni yana bir mavsumga ijaraga olganini e'lon qildi. Avvalroq “Arsenal” futbolchining butun maoshini to'lashi xabar qilingandi. Dani o'tgan mavsumni ham “to'pchilar” safida o'tkazgan edi. U “Arsenal” safida 37 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berishga erishdi. Shartnomasi yakuniga etgach “Real” ixtiyoriga qaytgandi.

Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchining transferini 32 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Арсенал” расмий сайти