Rasman: PSJ himoyachi sotib oldi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2018
PSJ "Shalke-04" himoyachisi Tilo Kererni sotib olgani haqida e'lon qildi.

Kerer va klub o'rtasidagi bitim 2023 yilgacha mo'ljallangan. Fransiya klubi 21 yoshli fransiyalik uchun "Shalke-04"ga 37 mln. evro to'laydi.

"PSJga o'tganimdan juda xursandman. Ushbu loyiha haqida butun Yevropada yaxshi bilishadi. Tez orada murabbiy va futbolchilar bilan uchrashaman" - deydi Kere.

Kerer so'nggi mavsum Bundesliganing 28ta uchrashuvida 3ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/PSG_English