Rasman: "Paxtakor" iroqlik himoyachi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2025
Zaid Tahsin "Paxtakor" futbolchisiga aylandi.

"Iroqlik 24 yoshli himoyachi bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekildi.

Iroq terma jamoasi futbolchisi "Al Quva Al Javiya" klubidan erkin agent sifatida kelib qo'shildi. Zaid Iroq terma jamoasi safida Jahon chempionati saralash o'yinlariga jalb etilgan. Iroq bilan Arab Ko'rfazi Kubogi musobaqasida g'olib chiqqan", – deyiladi "sherlar" xabarida.

Avvalroq iroqlik futbolchi muxlislar bilan xayrlashib, Toshkent tomon yo'lga chiqqanini ma'lum qilgan edik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати