Rasman: Oston O'runov - "Spartak" futbolchisi!

Alisher
5 avg 2020, 13:13
"Ufa"ning o'zbekistonlik xavbeki Oston O'runov Moskvaning "Spartak" klubiga o'tdi.

Bu haqda "Spartak"ning TikTok'dagi rasmiy sahifasi xabar tarqatmoqda.

Moskva klubi ushbu postga "Chiroyli qilamiz" deya izoh qoldirgan.

Ma'lumot uchun, "Spartak" klubi shiori "Sdelaem krasivo"dir.

Eslatib o'tamiz, Oston shu yilning boshida "Lokomotiv" (Toshkent)dan "Ufa"ga o'tgan edi. Hamyurtimiz Boshqirdiston jamoasi safida 10ta o'yin o'tkazdi. 



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: spartak.com