Rasman: "Neftchi" "Nasaf" va "Navbahor" jamoalari sobiq a'zosi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
25 yanv 2024, 01:15
Jamoa yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi.

"Bugun tajribali futbolchi Xurshid Muxtorov "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamiz himoya qo'rg'onida xarakat  qiladigan bo'ldi", – deyiladi Farg'ona jamoasi xabarida.

Ma'lumot uchun, Xurshid Muxtorov o'tgan mavsumni Superliga vakili Yaypanning "Turon" jamoasida o'tkazdi. Futbolchi mavsum davomida jami 25 ta uchrashuvda harakat qilib, 4 ta gol urdi.


Muxtorov faoliyati davomida "Lokomotiv", "Navbahor", OKMK, "Nasaf", "So'g'diyona", "Qo'qon-1912" va "Turon" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Avvalroq futbolchiga "Buxoro" tomonidan qiziqish bo'layotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати