Rasman: "Neftchi" klubi "Lokomotiv" himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi

Administrator
3 yanv 2024, 19:38
Jaloliddin Jumaboev yangi mavsumdan farg'onaliklar safida harakat qiladi.

Farg'onaning "Neftchi" klubi "Lokomotiv" himoyachisi Jaloliddin Jumaboev bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Ma'lumot uchun, Jaloliddin Jumaboev o'tgan mavsumni O'zbekiston Pro ligasida Toshkentning “Lokomotiv” klubida o'tkazdi. Futbolchi  Pro ligada  jami 18 uchrashuvda 1524 daqiqa  harakat qilib, 3 gol urishni uddasidan chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати