Rasman: "Navbahor" Usmonov transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2026
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Muhammadali Usmonov 2004 yil 9 dekabr kuni Andijonda tug'ilgan. Istedodli vinger faoliyati davomida "Paxtakor" (2022 yildan 2025 yil birinchi davrasi), "Andijon" (2025 yil 2-davrasi) jamoalari safida to'p tepgan. 

Bundan tashqari, O'zbekistonning turli yosh toifalaridagi yoshlar terma jamoalari va O'zbekiston U-21 (2025) jamoasi sharafini ham munosib himoya qilgan", – deyiladi xabarda.

21 yoshli futbolchi andijonliklar libosida 9 o'yinda ishtirok etib, 1 ta to'p kiritdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати