Rasman: "Navbahor" afrikalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Tolibjon Qosimov
23 dek 2024, 21:18
"Navbahor" klubi navbatdagi legioner futbolchi bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

Gap nigeriyalik tayanch yarim himoyachisi Benjamin Teydi haqida ketmoqda. 30 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni Gruziyaning "Iberiya 1999" jamoasida o'tkazgan.


Yodingizda bo'lsa, ushbu futbolchi shu yilning boshida "Neftchi" jamoasiga o'tishi ham mumkin bo'lgan edi. Ammo, yakunda u Farg'onaga emas, Tbilisiga yo'l olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Навбаҳор" ПФК матбуот хизмати