Rasman: “Napoli” sobiq kiperi “Al Nassr”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
12 iyul 2022
Neapolliklar darvozaboni David Ospina faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.

U “Al Nassr” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Ospina “Napoli”ni erkin agent sifatida tark etgandi.

33 yoshli kolumbiyalik A Seriya klubidan tashqari, “Arsenal”, “Nicca” va “Atletiko Nasonal” kabi klublar sharafini himoya qilgan. U yakunlangan mavsum Italiya chempionatida 31 bahsda qatnashib, 25 ta gol o'tkazib yubordi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/AlNassrFC_EN