Rasman: MYU yarim himoyachisi yozda klubni tark etadi

Aslanov Jasurbek
11 may 2019, 14:21
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera joriy mavsum yakunlangach klubdan ketadi.

Bu haqda "qizil iblislar" rasmiy sayti ma'lum qildi.

Erreraning mankunianlar bilan shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga etadi.

Oldinroq, Errera PSJ bilan 5 yillik bitim borasida kelishib olgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Ander Errera joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 27ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com