Rasman: "Milan" hujumchisi faoliyatini APLda davom ettiradi

30 iyul 2019, 22:45
"Milan" klubi forvardi Patrik Kutrone "Vulverxempton" jamoasiga o'tdi.

Italiyalik 21 yoshli hujumchi yangi klubi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Kutronening transferi "Vulverxempton"ga 16 mln funtga tushdi. 

Qayd etish kerak, Patrik 2007 yilda "Milan" akademiyasiga qo'shilgan. U "rossonerilar"ning asosiy jamoasida 90 ta o'yin o'tkazdi va 27 ta gol kiritdi. 



O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka