Rasman: "Metallurg" rahbariyatida o'zgarish bo'ldi

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024
Biroz avval saytimiz orqali Bekobodning "Metallurg" klubi rahbariyatida o'zgarish bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! "Metallurg" rahbariyatida iste'fo ro'y berdi

Klub matbuot xizmati mazkur masala yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Bugun "Metallurg" PFK qoshidagi futbol akademiyasi anjumanlari zalida klubning kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Klub bosh direktori vazifasini bajarib kelgan Shavkat Saidov sog'lig'i bois o'z xohishiga ko'ra lavozimidan ozod etildi. 

Klub boshqaruvi "Metallurg" FA direktori lavozimi orqali futbol jamoatchiligiga yaxshi tanish bo'lgan O'zbekiston metallurgiya kombinati AJ boshqaruvi raisi o'rinbosari Sharipov Akmal Mamatovich zimmasiga yuklatildi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати