Rasman: Mateus Lima Kruz “Nasaf”ni tark etdi

Mirjalol Normatov
12 dek 2023
"Nasaf" matbuot xizmati hujumchi Mateus Lima Kruzning jamoadan ketganini ma'lum qildi.

“Nasaf” futbol klubi va braziliyalik hujumchi Mateus Lima Kruz bilan tuzilgan hamkorlik o'z nihoyasiga etdi.

Lima Kruz so'nggi ikki mavsumda jamoamizga sovrinlarni qo'lga kiritishiga munosib hissasini qo'shdi. 

Hujumchi bugun klubga kelib, jamoamiz rahbariyati bilan uchrashdi va barcha bilan xayrlashdi. Biz ham jamoamizning ko'p sonli muxlislari nomidan futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deb yoziladi klub bayonotida.

Braziliyalik hujumchi "Nasaf"dagi faoliyati davomida 49 o'yinda maydonga tushib, 9 gol va 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати