Rasman: Mane "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tdi

Alisher
22 iyun 2022
Sadio Mane "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tdi.

30 yoshli Senegal terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Myunxen klubi bilan 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Bavariya" Mane uchun 32 mln evro to'laydi, yana 9 mln bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.

Sadio "Liverpul"da 2016 yildan beri o'ynayotgandi. Vinger bu vaqt davomida 6ta sovrin qo'lga kiritdi, jumladan Chempionlar Ligasi va APLda g'olib bo'ldi.

30 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Angliya klubi safida barcha musobaqalarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.com