Rasman: Krishtianu Ronaldu nechta o'yinga chetlatilgani ma'lum

Khoja
16 apr 2024, 08:09
Saudiya Arabistoni superkubogining yarim finalida Krishtianu Ronaldu qizil olib, maydondan chetlatilgandi.

Manbaga ko'ra, Saudiya futbol federatsiyasi tartib-intizom qo'mitasi Ronalduni ikki o'yinga diskvalifikaciya qilish haqida qaror qabul qiladi. Shu bilan birga, qo'mita portugaliyalikni o'yindagi voqea yuzasidan so'roq qilgan va futbolchi ushbu vaziyatda nohaq qizil kartochka olganini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, 86-daqiqada Ronaldu raqibga tirsagi bilan zarba bergani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Asharq Al-Awsat