Rasman: Krishtianu Ronaldu jazolandi. U "Chelsi"ga qarshi uchrashuvda qaydnomaga kiritilmaydi

Administrator
20 okt 2022, 22:23
Bunga katta ehtimol bilan Ronalduning kechagi qilig'i sabab bo'lgan.

"Manchester Yunayted" klubi Krishtianu Ronalduning "Chelsi"ga qarshi o'yinda qaydnomaga kiritilmasligini e'lon qildi. 

"Krishtianu Ronaldu shanba kuni o'tkaziladigan "Chelsi"ga qarshi uchrashuvda qaydnomaga kiritilmaydi. Qolgan tarkib o'yinga bor e'tiborini qaratgan va to'liq tayyorlanmoqda", -deyiladi klubi bayonotida.


Bunday qarorga kelinishiga katta ehtimol bilan "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda Ronalduning o'yin tugamasidan maydonni tark etgani bo'ldi. "Shporlar"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Erik ten Xag Ronaldu masalasini ertasi kuni hal qilishini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.manutd.com